Xorazm viloyatida fermer xo‘jaligi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida tizimga 3 mlrd soʻmdan ziyod zarar yetkazganligi aniqlandi
Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirida Urganch tumanida joylashgan “M.” fermer xo‘jaligi o‘ziga qarashli binoda yashirin yo‘llar bilan qo‘shimcha tarmoq tortib, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 3 mlrd 374 mln soʻm (2 mln 249 ming kubometr tabiiy gaz)ni tashkil etgan.
Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Hududlarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.
25.02.2024
218
Охирги янгиликлар