Soat 19:30 da Andijon viloyatining Andijon tumanidagi 355-sonli transformatorda nosozlik yuzaga kelib, yong‘in sodir bo‘lgan
Mazkur yong‘in FVBning maxsus brigadasi tomonidan o‘chirilgan. Yong‘in natijasida aholi xonadonlariga shikast yetmagan.
Hozirgi vaqtda tumanning Qo‘shariq mahallasida 120 ta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan.
Ayni paytda elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan nosoz transformator o‘rniga zaxiradagi transformator punktini o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda. Qisqa fursat ichida elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
26.02.2024
200
Охирги янгиликлар