Xususan, fuqaro N.I. Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahri, Yangi bog‘ mahallasidagi yashash xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga mayning qurilmalarini tijorat maqsadlarida noqonuniy ulab, 1 mlrd so‘mlik 226,5 ming kVt⋅soat elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.I. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar!
Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.
Shuni unutmangki, energiya resurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi ta’minlanadi.