Soat 12:15 da Xorazm viloyatida yuz berayotgan kuchli yomgʻir oqibatida 6-10 kVli 41 ta elektr uzatish tarmogʻi 78 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchgan
Buning natijasida Hazorasp, Bogʻot, Xonqa, Qoʻshkoʻpir va Yangiariq tumanlari isteʼmolchilari qisman (12 ming 500 ta) va kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (kuchli yomg‘ir va shamol) sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.
11.03.2024
250
Охирги янгиликлар