Kuchli yomg‘ir natijasida Toshkent shahridagi 110/35/10 kV kuchlanishli “Teplichnaya” podstansiyasida nosozlik yuzaga kelgan
Buning natijasida Mirobod va Sergeli tumanlari iste’molchilari qisman (3 ming 750 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda maxsus brigada tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etilmoqda.
Nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishi ta’minlanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
12.03.2024
205
Охирги янгиликлар