Kuchli yomg‘ir natijasida Farg‘ona viloyatidagi 6-10 kVli 11 ta elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan
Buning natijasida Beshariq, Dang‘ara va O‘zbekiston tumanlari iste’molchilari qisman (7 ming 500 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (kuchli yomg‘ir va shamol) sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.
13.03.2024
201
Охирги янгиликлар