Paxtachi tumanida 4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan yashirin ohak sexi fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Jahonobod” MFY hududidagi xonadonda yashovchi J.Sh. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin ohak ishlab chiqarish sexi tashkil etib, tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘irlik yo‘li bilan ulangan holda 2,7 mln metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 4 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
13.03.2024
196
Охирги янгиликлар