Soat 8:40 da Jizzax viloyatida shamol va qor ta’sirida 6-10 kVli 5 ta elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan
Buning natijasida Sharof Rashidov va Forish tumanlari iste’molchilari qisman (1 ming 600 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (kuchli shamol va qor) sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.
14.03.2024
222
Охирги янгиликлар