Xususan, fuqaro Q.A. Namangan viloyati Namangan tumani “Elaton” mahallasidagi yashash xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga mayning sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun mayning qurilmalarini tijorat maqsadlarida noqonuniy ulab, 938,2 mln so‘mlik 445,7 ming kVt⋅soat elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Q.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar!
Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.
Shuni unutmangki, energiya resurslaridan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi ta’minlanadi.