Tunda 500 kVli elektr uzatish tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozlik bir daqiqada bartaraf etilgan
Soat 01:11 da Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 2 ta 500 kVli elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida Surxondaryo viloyati iste’molchilari elektr ta’minotidan uzilgan.
Soat 01:12 da (bir daqiqada) ushbu elektr uzatish tarmoqlari qayta ishga tushirilib, iste’molchilarga elektr energiyasi bosqichma-bosqich yetkazib berilishi ta’minlangan.
Keltirilgan noqulaylik uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
16.03.2024
174
Охирги янгиликлар