Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani boʻlimi tomonidan GTF xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro J.K. va boshqalar tumandagi “Katta Hasanboy” MFY hududidagi uyda tijorat maqsadida tashkil etilgan issiqxonada rezina shlanglar yordamida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 393,7 ming kubometr tabiiy gazni oʻgʻirlashi oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 590,7 mln soʻmlik;
Qibray tumanida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa “T.A.” MCHJ rahbari D.S. korxona issiqxonasida jami 229,4 ming kubometr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 344,2 mln soʻmlik zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“Oʻgʻrilik”) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.