Bugun Yashnobod tumanining 3 ta mahallasi hududida 100 tup manzarali daraxt ko‘chati ekildi
Avval xabar berganimizdek, mamlakatimiz hududlari bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida Energetika vazirligi ham faol ishtirok etmoqda.
Xususan, bugun, 17-mart kuni Vazirlik jamoasi tomonidan Yashnobod tumanining Baytqo‘rg‘on, Mashinasozlar va Cho‘lpon mahallalari hududida jami 100 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 mart kuni Yashnobod tumanining “Ahmad Yassaviy” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli ochiq maydonga jami 200 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan edi.
17.03.2024
229
Охирги янгиликлар