Aholi isteʼmolchilariga ID-kartalar tarqatilib, yetkazib berilayotgan suyultirilgan gaz miqdorlari “E-Gaz” dasturiga kiritilib, suyultirilgan gazga toʻlovlar elektron tizimlar orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan:
➖2023-yilda respublika boʻyicha suyultirilgan gaz taʼminotidagi 3 mln 728 ming 712 ta aholi xonadoni hamda 2 ming 337 ta ijtimoiy soha obyektiga jami 628,2 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
➖Maishiy gaz ballonlarining harakati “E-Gaz” dasturi orqali onlayn monitoring qilinmoqda. Dasturda 3 mln 728 ming 712 ta isteʼmolchidagi 4 mln 695 ming 340 dona gaz balloni roʻyxati raqamlashtirildi.
➖Natijada suyultirilgan gazga toʻlovlarning elektron tizimlar (paynet, payme, click va boshqalar) orqali amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyildi.
➖Bugungi kunda respublika boʻyicha maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlanganlik darajasi 129 foizni tashkil etmoqda.