Soat 22:30 da kuchli yomgʻir va qattiq shamol taʼsirida Qoraqalpogʻiston Respublikasida 6-10 kVli 5 ta, Xorazm viloyatida esa 9 ta elektr uzatish tarmogʻida nosozlik yuzaga kelgan
Buning natijasida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl, Taxiatosh va Qoʻngʻirot tumanlarida istiqomat qiluvchi 1 ming 200 ta, Xorazm viloyatining Gurlan, Qoʻshkoʻpir, Urganch hamda Xonqa tumanlarida istiqomat qiluvchi 6 ming 750 ta isteʼmolchi elektr taʼminotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (qattiq shamol va kuchli yomgʻir) sharoitiga qaramasdan, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklar bartaraf etilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.
20.03.2024
222
Охирги янгиликлар