Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatining imkoniyatlarini ishga solish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish
Viloyat Norin va Sirdaryodan suv oladi, 2 ta magistral kanal va 9 ta suv ombori mavjud. Lekin, Namanganning gidroenergetikadagi salohiyati ishga solinmagan edi.
Kecha Norin daryosida GESlar kaskadi qurilishiga start berildi. Bu yerda 228 megavattli 6 ta stansiya yiliga 1 milliard kilovatt⋅soat elektr chiqaradi. Kelgusi yilda Katta Andijon kanalida 51 megavattli “Qo‘g‘ay-1,2”, “Beshqo‘rg‘on-1,2” kichik GESlar kaskadi ham ishga tushadi.
Shu yili Popda 1 ming megavattli 2 ta quyosh elektr stansiyasi barpo qilinadi. Bu ham 2,2 milliard kilovatt⋅soat elektr, degani.
Natijada viloyat o‘z ehtiyojini to‘liq qoplab, yiliga 2,5 milliard kilovatt⋅soat elektr eksport qiladi.
26.03.2024
230
Охирги янгиликлар