Namangan viloyati iste’molchilarining elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida 40 ming kVAli 5 ta kuch transformatori olib kelindi
Namangan viloyatidagi aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik subyektlarining elektr taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida har birining quvvati 40 000 kVA bo‘lgan 5 ta kuch transformatori olib kelindi.
Shuningdek, yaqin kunlarda viloyatga yana 40 000 kVAli 1 ta va 63 000 kVAli 2 ta kuch transformatori olib kelinishi rejalashtirilgan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filialiga yetkazib berilayotgan mazkur transformatorlar Kosonsoy, Davlatobod, Chortoq hamda Chust tumanlaridagi podstansiyalarga o’rnatiladi va montaj qilinadi.
Buning natijasida viloyat iste’molchilarining elektr ta’minotini yanada yaxshilashga erishiladi.
27.03.2024
170
Охирги янгиликлар