Zangiota tumanida “Mayning ferma” tashkil etgan shaxs aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi, DXX, IIB va ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Tokzor” MFY hududidagi xonadonda yashovchi U.O. o‘z uyida 6 dona to‘plamdagi mayning qurilmasini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 789,8 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
27.03.2024
200
Охирги янгиликлар