Toyloq tumanida 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tumani bo‘limi, prokuratura va “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “I.a.” MCHJ rahbari I.M. MCHJ issiqxonasida isitish qozoni va qo‘lbola yondirgichlarni umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida yashirincha ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,9 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
28.03.2024
174
Охирги янгиликлар