Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining tashabbusi bilan bugun, 29-mart kuni Toshkentda “Avtomobilsiz kun” tadbiri o‘tkazilmoqda
“Avtomobilsiz kun”ni o‘tkazishdan asosiy maqsad — sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdan iboratdir.
Energetika vazirligi yurtdoshlarimizdan bugun xizmat va shaxsiy avtomobilida harakatlanishdan voz kechib, piyoda yurishga yoki avtobusdan, metrodan, velosipeddan foydalanishga, ushbu muhim tadbirda faol fuqarolik pozitsiyasini namoyish etishga chaqirib qoladi.
29.03.2024
239
Охирги янгиликлар