Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jalaquduq tumani bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida fuqaro Gʻ.Yu. “Gulbahor” massivi hududidagi yer maydonida va fuqaro I.Z. “Toshloq” MFYdagi savdo do‘konida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 258,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Beruniy tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Q-Q.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari fermer xo‘jaligining noturar binosida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 144,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.