Qarshi shahrida “Mayning ferma” tashkil etgan shaxs aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi shahri “Oydin” MFYdagi xonadonda yashovchi A.E. o‘z uyida 11 dona to‘plamdagi mayning qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 238,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
09.04.2024
151
Охирги янгиликлар