Muhofaza zonalari yaqinida varrak uchirish hayot uchun xavfli va elektr ta’minoti barqarorligiga salbiy ta’sir qiladi
Qonunchilikka ko‘ra, muhofaza zonalarida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining xavfsiz ishlashining buzilishi, ekologik zarar va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biron-bir harakatni sodir etish taqiqlanadi.
Jumladan:
a) elektr uzatish havo tarmoqlari simlariga va tayanchlariga begona predmetlarni tashlash, shuningdek, elektr uzatish havo tarmoqlari tayanchlariga ko‘tarilish;
b) ... elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlariga yurib o‘tish va transport vositasida o‘tish joylariga har qanday obyektlarni, predmetlarni joylashtirish;
v) … elektr uzatish havo tarmoqlari muhofaza zonasi doirasida, shuningdek, elektr uzatish kabel tarmoqlarining muhofaza zonalarida olov yoqish (muhofaza zonasida) taqiqlanadi.