Ayrim shaxslarga benzin sotib olish uchun kompensatsiya beriladi
Qonunchilikka ko‘ra, avtomobil benzini sotib olish bo‘yicha quyidagi shaxslar uchun oylik pul kompensatsiyalari to‘lovlari joriy etilgan:
➖urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
➖urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
➖mehnatda mayib bo‘lish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar;
➖I va II guruh bolalikdan nogironlar.
Bunda, kompensasiya summasiing miqdori har chorakda chakana savdodagi avtomobil benzini (chakana savdoda eng ko‘p tarqalgan) muayyan markasining o‘rtacha sotish narxidan kelib chiqib, 20 litr avtomobil benzini qiymati miqdorida Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan belgilanadi.
13.04.2024
270
Охирги янгиликлар