Gaz taʼminoti xizmatlari uchun tariflar oshirilayotgani munosabati bilan “Hududgaztaʼminot” AJ isteʼmolchilardan hisoblagichdagi gaz sarfi koʻrsatkichlarini www.hududgaz.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdagi maʼlumotlar bilan solishtirishni soʻraydi.
Maʼlumotlar toʻgʻri kelmagan taqdirda, “Hududgaztaʼminot” AJ isteʼmolchilardan gaz hisoblagichdagi nosozliklar haqida zudlik bilan oʻz hududidagi gaz taʼminoti boʻlimiga, shuningdek, 1104 raqami orqali Koll-markazga murojaat qilishni iltimos qiladi.
Soha mutaxassislari murojaatni joyiga chiqib oʻrganadi va foydalanilgan tabiiy gaz hajmlari boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarga aniqlik kiritadi.
Fursatdan foydalanib eslatib oʻtamiz, energiya tejamkor texnologiyalarni, jumladan, zamonaviy avtomatik gaz yondirgichlarni oʻrnatish isteʼmol qilinayotgan gaz hajmini 30-40 foiz kamaytirish imkonini beradi.