Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navbahor tumani bo‘limi tomonidan IIB va gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M-R.” MCHJ mas’ul shaxslari MCHJ noturar binosini umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 155,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Bekobod va Ohangaron shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar T.X. va J.A. o‘z uylarida tashkil etgan issiqxonalarda yasama isitish qozonlarini gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 248,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.