24-aprel, chorshanba kuni Toshkentda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi!
Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida“gi Farmonida ko‘rsatib o‘tilgan.
Aksiya doirasida Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va viloyat ijro hokimiyati organlarining rahbar va boshqa xodimlari jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan boshqa transport vositalaridan foydalanishadi.
“Avtomobilsiz kun” jamoat loyihasiga befarq bo‘lmang va ekologik toza transport vositasini tanlang!
23.04.2024
214
Охирги янгиликлар