Toshkentda Energetika vazirligi va Jahon banki tomonidan “O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

Loyiha doirasida 2023–2028-yillarda mamlakat bo‘ylab 800 dan ortiq ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, shifoxonalar va poliklinikalar energiya samaradorligini oshirish maqsadida modernizatsiya qilinadi va ta’mirlanadi.




Loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar:
➖Binolarni isitish va sovitish tizimlari modernizatsiya qilinadi;
➖Fasad izolyatsiyasi, eshik va derazalar almashtiriladi;
➖Yoritish tizimlari yangilanadi;
➖Binolarning tom qismlari izolyatsiyalanadi;
➖Ko‘mir va gaz kabi samarasiz qozonxonalar zamonaviy gaz qozonlari yoki issiqlik nasoslariga almashtiriladi;
➖Quyosh batareyalari va qozonxonalari o‘rnatiladi.





23.04.2024

Охирги янгиликлар