Olmaliq shahrida “Mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.B. o‘z uyida tijorat maqsadida kompyuter tizimi orqali telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda 3 ta to‘plamdagi mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 103,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
06.05.2024
179
Охирги янгиликлар