Ohangaron tumanida 618,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tumani bo‘limi tomonidan “Qibraytumangaz” bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.O.” MCHJ mas’ul shaxslari korxonaning Qibray tumanida joylashgan issiqxonada 412,2 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 618,4 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
10.05.2024
182
Охирги янгиликлар