Qibray tumanida 733,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “Mayning ferma” fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi, DXX, IIB va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirida Qibray tumani, “Taraqqiy” MFYdagi xonadonda yashovchi I.B. va boshqalar tijorat maqsadida kompyuter tizimi orqali telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda “Avalon” rusumli mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 733,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
12.05.2024
137
Охирги янгиликлар