Rishton tumanida 3,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Rishton tumanida faoliyat yurituvchi “F.M.” MCHJning mas’ul shaxslari avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasiga o‘rnatilgan kompressor agregatlarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 2,7 mln kVt•soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga jami 3,6 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
15.05.2024
163
Охирги янгиликлар