Avval xabar berganimizdek, Saudiya Arabistoni energetika vaziri oʻrinbosari Fuad Mosa boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari yurtimizda boʻlib turibdi.
Bugun Energetika vazirligida Saudiya Arabistoni va Oʻzbekiston Respublikasining qator vazirlik hamda idoralari, davlat boshqaruv organlari, shuningdek, energetika tizimi aksiyadorlik jamiyatlari mutaxassislari yigʻildi.
Saudiya Arabistoni delegatsiyasi energiya samaradorligi va mahalliylashtirish boʻyicha oʻz tajribalarini oʻrtoqlashib, bu borada erishilgan yutuqlarni Oʻzbekistonda tatbiq etish masalasini muhokama qildilar.
Energiya samaradorligi boʻyicha mamlakatimizdagi 30 dan ortiq vazirlik hamda idoralar, Mahalliylashtirish boʻyicha esa yurtimizdagi 30 ga yaqin tuzilmalar vakillari ishtirokida Ishchi guruhlar tashkil qilindi. Ular ikki kun mobaynida mazkur yoʻnalishlardagi mavjud vaziyatni tahlil qilib, yutuq va kamchiliklar yuzasidan oʻzaro tajriba almashadilar.
Ishchi guruhlar yigʻilishlari ertaga ham davom ettiriladi.