Natijada Buxoro, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari iste’molchilari to‘liq, qolgan hududlarda esa qisman, jami 47 mingta iste’molchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalarining elektr ta’minoti tiklandi.
Soat 12:30 holatiga ko‘ra, kuchli shamol va shiddatli yomgʻir natijasida yurtimiz bo‘ylab 6-10 kVli 66 ta fider 79 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchiq qolmoqda.
Oqibatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm va Toshkent viloyatlaridagi 19 ming 750 ta isteʼmolchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari vaqtinchalik elektr taʼminotidan uzilgan.
Shuningdek, Fargʻona viloyatidagi «Yaypan» podstansiyasida «T-2» transformatori 3 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchgan. Natijada Oʻzbekiston tumanidagi 750 ta isteʼmolchi va kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari vaqtinchalik elektr taʼminotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, maxsus brigadalar tomonidan barcha nosozliklar bartaraf etilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.