Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov, O‘zbekiston Energetika vaziri J. Mirzamahmudov, “MTU “MEI” rektori N.Rogalev va “MTU “MEI” Toshkent shahridagi filiali ijrochi direktori X.Daliyev ishtirok etdilar.
Mazkur anjumanda “MTU “MEI” Toshkent shahridagi filialining kelgusidagi ishlari va litsenziya olish uchun yo‘l xaritasi tasdiqlandi.
Yo‘l xaritasida “MTU “MEI” Toshkent shahridagi filialga litsenziya berilish muddati, yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining barqaror rivojlanishiga erishish uchun akademik mobillik va mehnat bozorida eng ko‘p talab qilinadigan yo‘nalishlar hamda mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash, qo‘shma ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishni kengaytirish masalalariga alohida urg‘u berildi.