“Ember” kompaniyasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilda dunyo miqyosida elektr energiya isteʼmoli 2,17 foiz oshgan
Aytilishicha, mazkur o‘sishning 0,31 foizi konditsionerlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Yana 0,31 foiz esa Data-centre (“Maʼlumotlar markazlari”) ishiga talabning oshgani bilan bog‘liq. Issiqlik nasoslari tufayli o‘sish 0,34 foizni, elektrokarlardan foydalanishning ortgani hisobiga esa o‘sish 0,25 foizni tashkil qilgan.
0,03 foizli o‘sish qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda suvni kislorod va vodorodga ajratadigan elektroliz qurilmalariga talabning oshgani tufayli yuzaga kelgan. Qolgan 0,93 foizli o‘sish boshqa barcha isteʼmol guruhlariga tegishli ekanligi qayd etilgan.
29.05.2024
160
Охирги янгиликлар