Elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanish holati fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zomin tumani bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “K.” hamda “S.N.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shasxlari va boshqalar tegishli yer maydonlariga o‘rnatilgan transformator va elektron hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir o‘tkazib, tijorat maqsadida jami 207,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
03.06.2024
209
Охирги янгиликлар