Oltinko‘l tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinko‘l tumani bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.A.” MCHJ rahbari F.J. va boshqalar “Ko‘makay” MFY hududidagi ovqatlanish shoxobchasini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 403,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
11.06.2024
203
Охирги янгиликлар