Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi, DXX va ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chingiz Aytmatov ko‘chasida yashovchi A.R. o‘z uyining yerto‘lasida 4 ta to‘plamdagi “Antminer” va “Bitmain Technologies” mayning qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga yashirincha ulab, jami 236,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Andijon shahar bo‘limi, DXX, IIB va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “Navbahor” hamda “Hamkorlik” MFY hududlaridagi xonadonlarda yashovchi 2 nafar fuqaro o‘z uylarida jami 11 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga yashirincha ulab, jami 159,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.