O‘zbekiston Energetika vaziri Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori bilan uchrashdi
Joriy yilning 10-iyun kuni Avstriyaning Vena shahrida O‘zbekiston Energetika vaziri J.Mirzamahmudov Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda O‘zbekistonda atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanishning barcha jihatlari bo‘yicha MAGATE bilan yaqindan hamkorlik qilinayotgani alohida ta’kidlandi.
Muloqotda shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni izchil davom ettirish masalalari muhokama qilindi.
12.06.2024
189
Охирги янгиликлар