Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik bor
Korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, jamoat joylarida, omborxona binolarida, yotoqxonalar va turar joylarda, shuningdek tegishli obyektlarni loyihalashtirish, qurish va qayta qurish chog‘ida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish yoki yong‘inga qarshi inventarlar, uskunalar, yong‘inni aniqlash va o‘chirishning avtomat vositalaridan foydalanish va ularni saqlash qoidalarini buzish:
fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha (340 ming so‘mdan 1 mln 20 ming so‘mgacha);
mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 20 ming so‘mdan 2 mln 380 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...
14.06.2024
210
Охирги янгиликлар