Yangi tahrirdagi qaror bilan aholi iste’molchilari va tadbirkorlik subyektlariga bir qator qulayliklar yaratilmoqda.
Xususan, qarorning elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga ko‘ra, iste’molchilarga tasarrufidagi mavjud eski elektr qurilmalarini yangi energiya tejamkor qurilmalarga almashtirish natijasida iqtisod qilingan elektr energiyasi hajmiga 3 yil davomida amaldagi tarifga nisbatan 15 foiz chegirma beriladi.
Bunda:
- Iste’molchilar elektr qurilmalarni almashtirish jadvali va uning natijasida erishiladigan iqtisodni nazarda tutuvchi dasturni taqdim etgandan so‘ng, “O‘zenergoinspeksiya” 10 kun muddatda ushbu dasturning asoslanganligini ko‘rib chiqadi va natijasi bo‘yicha kelishadi yoki asoslantirgan holda kelishishni rad etadi;
- tasdiqlangan dasturga asosan amalga oshirilgan ishlar natijasida iqtisod qilingan elektr energiyasi hajmi energiya auditor tomonidan o‘rganiladi va ushbu hajmlar bo‘yicha xulosa beriladi;
- energiya auditor xulosasi “O‘zenergoinspeksiya” va hududiy elektr ta’minoti korxonasiga taqdim etiladi va ijobiy xulosa taqdim etilgan kundan boshlab chegirmalar qo‘llaniladi.