Toshkent issiqlik markazida qozon qurilmalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari davom etmoqda
Poytaxt iste’molchilarini issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi asosiy korxona — Toshkent issiqlik markazi 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlanyapti.
Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan o‘rnatilgan umumiy quvvati 500 Gkal bo‘lgan 1-sonli issiqlik markazining 3 ta qozon agregatlarida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilayotir.
Ta’mir ishlari davomida qozon qurilmalarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, qozon issiqlik yuzalari quvurlarining nuqsonli qismlari ta’mirlanmoqda.
Mazkur ishlar asosiy ishlab chiqarish jarayonlariga ta’sir qilmagan holda amalga oshirilyapti.
21.06.2024
228
Охирги янгиликлар