Toshkentda 26-iyun, chorshanba kuni navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi bo’lib o’tadi.
Aksiya O‘zbekiston Prezidentining 21-fevraldagi 37-sonli qaroriga muvofiq har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ertaga Toshkent shahrida joylashgan barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga atmosferaga zarar keltirmaslik maqsadida shaxsiy transport vositalaridan voz kechib, jamoat transporti, velosiped va atrof-muhitni ifloslantirmaydigan boshqa transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Hurmatli yurtdoshlar! Barchangizni “Avtomobilsiz kun” jamoat loyihasiga befarq bo‘lmaslikka, ekologik toza transport vositalaridan foydalanishga chorlab qolamiz.
25.06.2024
168
Охирги янгиликлар