Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tumani bo‘limi tomonidan IIB va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F-R.” MCHJ rahbari X.R. “Ma’naviyat” MFY hududidagi ishlab chiqarish sexining elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir o‘tkazib, tijorat maqsadida jami 647,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Yangiyo‘l tumani bo‘limi tomonidan IIB va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Y.Sh.” fermer xo‘jaligi rahbari K.Y. 2 dona suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 118,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.