Toshkent viloyatida “Mayning ferma” tashkil etgan shaxslar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq va Ohangaron shahri bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar N.R., A.T. va boshqalar “Umid” hamda ”O‘nqo‘rg‘on” MFY hududidagi xonadonlarda 19 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarni umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga ulab, jami 105,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
26.06.2024
177
Охирги янгиликлар