O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
  • РУ
  • O'Z
  • EN
  • Vazirlik haqida
    • Vazirlik haqida
    • Hay'at
    • Rahbariyat
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Vazirlik tuzilmasi
    • Ilmiy-tehnik kengash
    • Markaziy apparat
  • Matbuot markazi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
    • Rahbariyatning chiqish va bayonotlari
    • Media-reja
    • OAV biz haqimizda
    • Axborot xizmati bilan bog‘lanish
    • Murojaatlar statistikasi
    • Energiya samaradorligi bo‘yicha axborot portali
    • O'zbekiston Qahramoni
    • Tariflar
    • Ochiq ma'lumotlar portali
    • Ilmiy ishlar
    • Rejalashtirilgan o'chirishlar
  • FAOLIYAT
    • Rivojlanish konsepsiyasi va investitsion imkoniyatlar
    • Neft va gaz tarmog‘i
    • Elektr energetika tarmog‘i
    • Atom energetikasi sohasi
    • Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
    • Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi
    • Energetika sohasida davlat nazorati
    • Neft va gaz sohasida davlat nazorati
    • Xalqaro hamkorlik
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Odob-ahloq qoidalari
    • Bitimlarni amalga oshirish guruhi
  • Hujjatlar
    • Qonunlar
    • Prezident farmon, qaror va farmoyishlari
    • Hukumat qarori va farmoyishlari
    • Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan me'yoriy hujjatlar
    • Kasb standartlari
    • Vazirlikning buyruq va qarorlari
  • Bog‘lanish
  • Yoshlar ittifoqi
    • Faoliyat
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
    • Tashkiliy tuzilma
    • Yangiliklar
    • Foto lavha
    • Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi
  • Save Energy
    • Yangi
    • Qoidalar
    • Tanlov komissiyasi
    • Ariza
  • Kasaba uyushmasi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
  • Ochiq ma'lumotlar
    • Ochiq ma'lumotlar
    • Tizim tashkilotlari
  • Energiya samaradorlik tizimi(ES)
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish

Сайт бўйича қидирув

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi
  • E-mail: info@minenergy.uz
  • Кўриниш

    A
    A
    A

    Шрифт ўлчами

    0% га катталаштириш
    0% га катталаштириш
  • РУ
  • O'Z
  • EN
  • Vazirlik haqida
    • Vazirlik haqida
    • Hay'at
    • Rahbariyat
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Vazirlik tuzilmasi
    • Ilmiy-tehnik kengash
    • Markaziy apparat
  • Matbuot markazi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
    • Rahbariyatning chiqish va bayonotlari
    • Media-reja
    • OAV biz haqimizda
    • Axborot xizmati bilan bog‘lanish
    • Murojaatlar statistikasi
    • Energiya samaradorligi bo‘yicha axborot portali
    • O'zbekiston Qahramoni
    • Tariflar
    • Ochiq ma'lumotlar portali
    • Ilmiy ishlar
    • Rejalashtirilgan o'chirishlar
  • FAOLIYAT
    • Rivojlanish konsepsiyasi va investitsion imkoniyatlar
    • Neft va gaz tarmog‘i
    • Elektr energetika tarmog‘i
    • Atom energetikasi sohasi
    • Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
    • Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi
    • Energetika sohasida davlat nazorati
    • Neft va gaz sohasida davlat nazorati
    • Xalqaro hamkorlik
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Odob-ahloq qoidalari
    • Bitimlarni amalga oshirish guruhi
  • Hujjatlar
    • Qonunlar
    • Prezident farmon, qaror va farmoyishlari
    • Hukumat qarori va farmoyishlari
    • Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan me'yoriy hujjatlar
    • Kasb standartlari
    • Vazirlikning buyruq va qarorlari
  • Bog‘lanish
  • Yoshlar ittifoqi
    • Faoliyat
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
    • Tashkiliy tuzilma
    • Yangiliklar
    • Foto lavha
    • Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi
  • Save Energy
    • Yangi
    • Qoidalar
    • Tanlov komissiyasi
    • Ariza
  • Kasaba uyushmasi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
  • Ochiq ma'lumotlar
    • Ochiq ma'lumotlar
    • Tizim tashkilotlari
  • Energiya samaradorlik tizimi(ES)
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
O‘zbekiston Prezidenti SHHT doirasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirish tarafdori ekanini ta’kidladi
  • Асосий
  • Матбуот маркази
  • O‘zbekiston Prezidenti SHHT doirasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirish tarafdori ekanini ta’kidladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyul kuni Ostona shahrida SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o‘tgan tadbirda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Eron Islom Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Muhammad Muxbir, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar, shuningdek, Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min va SHHT Mintaqaviy aksliterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev qatnashdi.

Kun tartibiga muvofiq, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ochiq fikr almashildi, SHHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

 

O‘zbekiston rahbari sammit ishtirokchilarini qutlar ekan, Qozog‘istonning SHHTga raisligi natijalarini yuqori baholadi, shuningdek, Belarusni tashkilotga a’zo bo‘lgani bilan samimiy tabrikladi.

Mamlakatimiz yetakchisi ushbu sammit xalqaro vaziyat keskinlashayotgan bir sharoitda o‘tayotganini qayd etdi.

Yangi vayronkor mojarolar paydo bo‘lmoqda, global va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid va xatarlar kuchayib bormoqda. Bu davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch kamayayotgan, qarama-qarshilik va raqobat ortishi natijasida geosiyosiy keskinlik tobora o‘sayotgan vaziyatda kechmoqda.

- Bunday murakkab vaziyatda SHHTning asosi bo‘lgan tamoyillarga sodiqligimizni saqlash va yanada mustahkamlash favqulodda muhimdir. Ana shu tamoyillar tufayli Tashkilot bugungi yutuqlarga erishdi, xalqaro masalalarda yuksak nufuz va barqarorlashtiruvchi o‘ringa ega bo‘ldi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

 

Shu nuqtayi nazardan, Prezidentimiz "Shanxay ruhi"ning asosiy tamoyillariga - o‘zaro ishonch va manfaatdorlik, tenglik, madaniyatlar rang-barangligiga hurmat, bloklardan xoli maqomni saqlab qolish, qarorlar qabul qilishda konsensus prinsipiga qat’iy amal qilishni davom ettirishga chaqirdi.

O‘zbekiston Prezidenti ta’kidlaganidek, bugungi voqelikda SHHT hamjihatligi zaiflashishiga yo‘l qo‘ymaslik muhimdir. "Biz “SHHT oilasi” jipsligini kuchaytirishimiz, birgalikda rivojlanish tamoyilini hayotga izchil tatbiq etib, ochilayotgan yangi imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishimiz zarur", dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

 

SHHT mamlakatlarining ulkan rivojlanish salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun iqtisodiy sheriklikning yangi modelini shakllantirish va barqaror rivojlanishning uzoq muddatli kun tartibini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston rahbari SHHT oldida turgan eng dolzarb vazifalar haqida so‘z yuritar ekan, quyidagilarga e’tibor qaratdi.

Global darajada ishonch taqchilligi misli ko‘rilmagan darajaga chiqqan sharoitda umumiy xavfsizlikni ta’minlashda yangi yondashuvlarni izlash zarurati o‘sib bormoqda.

Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan umumiy xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lidagi hamjihatlik bo‘yicha Samarqand tashabbusini amalga oshirish dolzarbligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

 

Davlatimiz rahbari muloqotni mustahkamlash va ko‘p tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida SHHTning Yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va transchegaraviy sheriklik kodeksini qabul qilishga chaqirdi.

Iqtisodiy yo‘nalishda strategik yuksalishga erishish uchun tashkilot doirasida savdo tartib-taomillarini soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimni, amaldagi raqamli savdo platformalarini integratsiya qilgan holda elektron tijorat sohasida hamkorlik dasturini ishlab chiqish taklif etildi.

 

 

Sanoat kooperatsiyasi dasturlarini qo‘llab-quvvatlash doirasida o‘zaro investitsiyalarni, eng avvalo, infratuzilma, sanoatning yuqori texnologik tarmoqlari va xizmatlar sohasiga jalb qilishni rag‘batlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Bunday loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratish, jumladan, SHHT Jamg‘armasi va Taraqqiyot bankini ta’sis etish masalasini ko‘rib chiqish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston yetakchisi SHHT mamlakatlarining iqtisodiy salohiyatini samarali rivojlantirishga xizmat qiladigan "Sharq-G‘arb" va "Shimol-Janub" yo‘nalishlarida inklyuziv transport tizimini shakllantirish zarurligiga e’tibor qaratdi.

- Transport yo‘laklari ko‘p variantli bo‘lishi – bu butun mintaqamiz barqaror rivojlanishining eng muhim shartidir, - dedi Prezident.

 

 

Davlatimiz rahbari, shuningdek, logistika tartib-taomillarini raqamlashtirish, jumladan, SHHT mamlakatlari chegaralari orqali olib o‘tilayotgan tovarlar to‘g‘risida elektron ma’lumotlar almashinuvini tashkil etish rejasini ishlab chiqishni taklif etdi.

Tashkilot makonida zamonaviy va ishonchli energetika infratuzilmasini kengaytirish maqsadida qayta tiklanadigan energetikaga investitsiyalar va texnologiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish bo‘yicha kompleks hamkorlik rejasini tayyorlash tashabbusi bildirildi.

 

 

Shavkat Mirziyoyev mamlakatlarimiz raqobatbardoshligini ta’minlashda raqamli iqtisodiyotga o‘tish, "sun’iy intellekt" va ilg‘or IT-yechimlarni joriy etish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi. Shu munosabat bilan ushbu sohada bilim va ilg‘or tajriba almashish imkonini beradigan "SHHT kelajak texnologiyalari" dasturini ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqdi.

O‘zbekiston Prezidenti SHHT mamlakatlari o‘rtasida ijtimoiy rivojlanish va himoya sohasidagi hamkorlik bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

 

 

Aholi hayot darajasini yuksaltirish va hududlarni, birinchi navbatda, qishloq joylarni rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalarni amalga oshirish 2030 yilgacha mo‘ljallangan eng muhim maqsadlarga erishish yo‘lida umumiy hissa bo‘lishi ta’kidlandi.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ularni yetkazib berish imkoniyatlari nomma-nom aks ettirilgan mamlakatlarimizning agrosanoat sohasidagi salohiyati haqidagi ma’lumotlarni birlashtiradigan “SHHT oziq-ovqat xavfsizligi atlasi” qo‘shma elektron platformasini ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi. Bunga BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ekspertlarini jalb etish taklif etildi.

Mintaqaviy xavfsizlik masalalariga to‘xtalar ekan, davlatimiz rahbari zamonaviy xavf va xatarlarga qarshi kurashishda mamlakatlarimiz vakolatli organlari faoliyatini yaqindan muvofiqlashtirishni, shu jumladan, SHHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi yo‘nalishida davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

O‘zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bo‘lgan va mintaqaviy barqarorlikka bevosita ta’sir ko‘rsatadigan qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatga alohida to‘xtaldi.

 

 

Prezidentimiz Afg‘onistonning hozirgi ma’muriyati bilan munosabat o‘rnatish borasidagi yondashuvlar turli ekanini qayd etib, Kobul bilan butun mintaqaning xavfsizligi va iqtisodiy taraqqiyoti manfaatlariga javob beradigan muloqotni davom ettirishga chaqirdi. Shu ma’noda, “SHHT–Afg‘oniston” muloqot guruhining faoliyatini qayta tiklash haqidagi taklif hamon dolzarb bo‘lib qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

So‘zining yakunida davlatimiz rahbari XXR Raisi Si Szinpinni Xitoy Xalq Respublikasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik missiyasini qabul qilgani bilan tabrikladi.

Yig‘ilish yakunida hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. Xususan, Ostona deklaratsiyasi va hamkorlikning turli sohalarida sheriklikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim ko‘p tomonlama hujjatlar qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan SHHT davlat rahbarlari tomonidan Tashkilotga a’zo mamlakatlarning xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha hamkorlik rejasi hamda Davlat rahbarlari kengashining Yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va sheriklik tamoyillari to‘g‘risidagi bayonoti tasdiqlandi.

 

04.07.2024
300
Охирги янгиликлар
Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasidagi quyidagi vakant lavozimlar uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:
24.07.2024
8954
Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasidagi quyidagi vakant lavozimlar uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:
15.07.2024
6445
Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti quyidagi vakant lavozimlar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi
30.05.2024
8035
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
  • Vazirlik haqida
    • Vazirlik haqida
    • Hay'at
    • Rahbariyat
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Vazirlik tuzilmasi
    • Ilmiy-tehnik kengash
    • Markaziy apparat
  • Matbuot markazi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
    • Rahbariyatning chiqish va bayonotlari
    • Media-reja
    • OAV biz haqimizda
    • Axborot xizmati bilan bog‘lanish
    • Murojaatlar statistikasi
    • Energiya samaradorligi bo‘yicha axborot portali
    • O'zbekiston Qahramoni
    • Tariflar
    • Ochiq ma'lumotlar portali
    • Ilmiy ishlar
    • Rejalashtirilgan o'chirishlar
  • FAOLIYAT
    • Rivojlanish konsepsiyasi va investitsion imkoniyatlar
    • Neft va gaz tarmog‘i
    • Elektr energetika tarmog‘i
    • Atom energetikasi sohasi
    • Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
    • Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi
    • Energetika sohasida davlat nazorati
    • Neft va gaz sohasida davlat nazorati
    • Xalqaro hamkorlik
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Odob-ahloq qoidalari
    • Bitimlarni amalga oshirish guruhi
  • Hujjatlar
    • Qonunlar
    • Prezident farmon, qaror va farmoyishlari
    • Hukumat qarori va farmoyishlari
    • Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan me'yoriy hujjatlar
    • Kasb standartlari
    • Vazirlikning buyruq va qarorlari
  • Bog‘lanish
  • Yoshlar ittifoqi
    • Faoliyat
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
    • Tashkiliy tuzilma
    • Yangiliklar
    • Foto lavha
    • Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi
  • Save Energy
    • Yangi
    • Qoidalar
    • Tanlov komissiyasi
    • Ariza
  • Kasaba uyushmasi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
  • Ochiq ma'lumotlar
    • Ochiq ma'lumotlar
    • Tizim tashkilotlari
  • Energiya samaradorlik tizimi(ES)
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
Маълумотлардан фойдаланилганда
www.minenergy.uz га ҳавола кўрсатилиши шарт
© Барча ҳуқуқлар ҳимояланган 2019 - 2025 ЭЛЕКТР ЭНЕРГИЯСИ ВА ГАЗ ТАЪМИНОТИ БИЛАН БОҒЛИҚ САВОЛЛАР ЮЗАСИДАН МУРОЖААТ МАНЗИЛЛАРИ РЎЙХАТИ
  • Ишонч телефони 71-231-81-18
  • Иш тартиби: 9:00 дан 18:00 гача
  • Тушлик: 13:00-14:00
  • Қабул кунлариДушанба - Жума
  • Call марказ - 1154 (электр энергияси бўйича)
    - 1104 (газ таъминоти бўйича)
Диққат! Агар сиз матнда хатоликларни аниқласангиз, уларни белгилаб, маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl+Enter тугмаларини босинг