Angren IES hududida hech qanday yong‘in chiqmagan. Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xabar mutlaqo yolg‘on
Biroz avval ijtimoiy tarmoqda “Angrenda eski GRES hududida yong‘in sodir bo‘ldi” sarlavhali xabar e’lon qilindi.
Ushbu xabar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Angren IES hududida hech qanday yong‘in sodir bo‘lmagan. Stansiya barqaror ishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xabar mutlaqo yolg‘on.
Shu o‘rinda ayrim ijtimoiy tarmoq adminlaridan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni chiqarmasliklarini so‘ragan holda, bu kabi yolg‘on xabarlar uchun qonunchilikda javobgarlik borligini eslatib o‘tamiz.
07.07.2024
114
Охирги янгиликлар