Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi uchun to‘lovlarda hisobga ikki barobar pul hisoblanayotgani to‘g‘risida xabar tarqalmoqda
Ayni paytda to‘lov tizimlari bilan bog‘liq texnik nosozlik kuzatilganligi sabab, to‘lov amalga oshirilganda iste’molchi balansida to‘lov qoldig‘i ko‘proq ko‘rsatishi kuzatilmoqda. Ayni paytda billing tizimi orqali elektr energiyasi uchun to‘lovlar xatoliksiz qabul qilinmoqda hamda balans qoldiqlari tо‘g‘ri shakllantirilmoqda.
Tez fursatlarda nosozliklar bartaraf etilishini ma’lum qilamiz.
Iste’molchilardan elektr energiyasi hisobi ko‘rsatkichlari to‘g‘risida aniq va to‘g‘ri ma’lumotlarni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning rasmiy veb-saytidagi “Shaxsiy kabinet orqali olishlarini tavsiya qilamiz.
“Shaxsiy kabinet”ga kirish uchun qo‘llanma.
07.07.2024
169
Охирги янгиликлар