Saudiya Arabistonining “Wrkaa News” gazetasida “O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish barqaror rivojlanish strategiyasining ajralmas qismi bo‘lib, mamlakatning global muammolarni hal etishga qo‘shayotgan hissasidir” sarlavhali maqola e’lon qilindi.
“Yangi O‘zbekiston kun tartibida ekologik siyosat masalalari muhim o‘rin tutadi, – deb yozgan muallif. – Jumladan, O‘zbekiston ekologik strategiyasining muhim jihatlaridan biri – “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishdir. 2019 – 2030-yillarga mo‘ljallangan “yashil iqtisodiyot” davlat dasturi uglerod izini kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalari rivojlantirishga qaratilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumati mamlakatning umumiy energiya balansida qayta tiklanuvchi energiya ulushini ko‘paytirish bo‘yicha o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygan”.