Ishchi guruhlar tomonidan hududlarda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-aprelda imzolangan “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qaroriga muvofiq, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ishchi guruhlari tuzilib, Andijon viloyatining bir nechta hududlarida ham aholi o‘rtasida to‘lov intizomiga rioya qilish bo‘yicha mahalla yettiligi bilan birgalikda tushuntirish ishlari olib bormoqda.
Ayni vaqtda Andijon shahrining “Sarvontepa” MFY hududida yashovchi aholi uchun targ‘ibot ishlari olib borilib, tarif bo‘yicha odamlarni qiynab kelayotgan savollarga javob berildi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar e’tiborga olinishi qayd etildi.
08.07.2024
150
Охирги янгиликлар